Viktor Karpenko “Navbahor”da

Narzulla Saydullayev
12 fev 2016, 11:34
Bundan biroz vaqt oldin “Navbahor” jamoasi a'zolari bugunga rejalashtirilgan ertalabki mashg'ulotlarni yakuniga etkazishdi.

Kecha aytib o'tkanimizdek, bugun tarkibga yangi futbolchilar kelib qo'shilishdi. Muxlislarimizga ko'proq Toshkentning “Bunyodkor” klubidagi ishtiroki orqali yaxshi tanish bo'lgan Viktor Karpenko bugun “Navbahor” futbolchilari istiqomat qilayotgan mehmonxonaga yetib keldi va mashg'ulotda ishtirok etdi. Karpenko 2015 yilgi mavsum birinchi yarmini G'uzorning “Sho'rtan” jamoasida o'tkazib, davralar oralig'ida “Bunyodkor” safidan o'rin olgandi.

Bundan tashqari o'tgan ikki mavsumni jamoamizda o'tkazgan darvozabon Xurshid Xo'jaev ham yana “Navbahor”ga qaytdi. Ushbu posbon mavsumlar oralig'ida avvaliga “Andijon” mashg'ulotlarida qatnashib, keyin “Sho'rtan” yig'iniga qo'shilgandi. Kechki mashg'ulotda ham tarkibga yangi futbolchini qo'shilishi kutilmoqda. Bu haqda kechqurun xabar berib o'tamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz