Viktor Jalilov: "Ikkinchi yig'inda yakuniy tarkib ma'lum bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
2 dek 2015, 15:01
Kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA safari oldidan "Jar" stadionida o'zining so'nggi mashg'ulotlarini o'tkazdi.

Mashg'ulot yakuniga etgach, katta murabbiy Viktor Jalilov yig'in haqida qisqacha axborot berdi.

"Hozirda 28 nafar futbolchi bilan mashg'ulot olib boryapmiz. BAAdagi birinchi yig'in yakuniy tarkibga oydinlik kiritadi. Ertaga boshlanadigan mashg'ulotlarimizda barcha futbolchilar qatnashadilar va biz u yerda BAAning "Al Vasl" jamoasi hamda Yaponiya yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. E'tiborni dam olishdan qaytgan futbolchilarimizni holatini tiklashga qaratamiz", - deydi Viktor Romanovich.

- Aliboev va Masharipov nima uchun mashg'ulotlarda yo'q?
- Ikrom Aliboevda kichik jarohat bor. Masharipov esa yangi pasport olish uchun Xorazmga ketgan, ikkinchi yig'inimizda albatta ishtirok etadi.

- Yakuniy tarkib qachon ma'lum bo'ladi?
- Buning uchun oldimizda ikkinchi yig'in ham bor. Dubayda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan mashg'ulotlarda Qatar, BAA va KXDR olimpiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boramiz. Aynan shu o'yinlar davomida asosiy tarkibni ham shakllantirib olamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia