Veynaldumga APLdan ikkita taklif bor

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2022, 19:32
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum tez orada Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi "Arsenal" va "Nyukasl" klublari tomonidan nishonga olingan.

Parijliklar yarim himoyachini 18 million evroga sotishga tayyor. Ijaraga olish imkoniyati ham mavjud.

Niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda  PSJ safida 24 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Veynaldumning transfer qiymati 25 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports