Veynaldum PSJ haqida: “Faoliyatimdagi yangi chaqiruv”

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2021
Jorjino Veynaldum PSJga o'tgani haqida ilk fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Niderlandiyalik yarim himoyachi jamoa bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

“PSJga transferim – faoliyatimdagi yangi chaqiruv. Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan birining a'zosiga aylandim. Bu juda yirik loyiha. PSJga bor xohish va irodamni berishga tayyorman.

PSJ oxirgi yillarda o'z kuchini namoyish qila oldi, ammo biz yanada yuqorilab, kattaroq yutuqlarga erishishimiz mumkin”, deydi Veynaldum.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: psg.fr