"Vest Xem" o'z futbolchisini "Chelsi"ga sotmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
30 apr 2020, 22:50
Tayanch yarim himoyachi Deklan Rays "bolg'alar" safida qoladi.

Xabarlarga ko'ra, "Vest Xem" angliyalik 21 yoshli futbolchi uchun "ko'klar" tomonidan kelayotgan taklifni rad etish niyatida.

Raysning "Vest Xem" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt yarim himoyachining narxini 49,5 million evroga baholamoqda.

Ma'lumot uchun, Deklan Rays 2006 yildan 2014 yilgacha "Chelsi" akademiyasida shug'ullangan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com