"Vest Xem", "Nyukasl" va "Roma" "Vilyarreal" forvardi Morenoga qiziqmoqda

Alisher
31 may 2021, 10:34
"Vilyarreal" forvardi Jerar Moreno faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Vest Xem", "Nyukasl" va "Roma" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Oldinroq, futbolchi "Vilyarreal" bilan birga finalda "Manchester Yunayted"ni mag'lub etgan holda, Yevropa Ligasida g'olib chiqqan edi.

Moreno 2020/21 yilgi mavsum "Vilyarreal" tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato