"Vest Xem" muxlislari Bilichni iste'foga chiqarishni so'rashmoqda

Aslanov Jasurbek
26 sen 2016, 10:21
"Vest Xem" muxlislari "Sautgempton"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:3) so'ng, jamoa bosh murabbiyi Slaven Bilichni iste'foga chiqarishni so'rashmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatdan so'ng klub muxlislari xorvatiyalik mutaxassisni jamoa bosh murabbiyi lavozimida ko'rishni istamayapti.

Olti turdan so'ng "Vest Xem" uch ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun