"Vest Xem" Maguayrni ijaraga olmoqchi, ammo...

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2023, 00:32
Xarri Maguayr "Vest Xem" taklifiga rad javobini berishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Deklan Raysning "Arsenal"ga transferidan so'ng "Vest Xem" "Manchester Yunayted" himoyachisi borasida kelishuvga erishmoqchi.

Londonliklar bosh murabbiyi Devid Moyes Angliya terma jamoasi futbolchisi mahoratiga yuqori baho bermoqda. "Vest Xem" 30 yoshli futbolchini sotib olmoqchi emas, ijaraga olishni reja qilyapti.

Maguayrning o'zi esa MYUda qolib, asosiy tarkibdagi joyini qaytarishga ishonmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph