

"Bu qiyin hafta bo'ldi. Biz ko'p qiyinchiliklarni engib o'tdik va o'yinlar davomida turli emociyalarni boshdan kechirdik. Bugun biz o'zini saqlab qolish uchun kurashayotgan, boy tarixga ega jamoaga qarshi o'ynayotganimizni bilardik. Biz o'yinning boshidanoq hujum qildik, uchta ajoyib vaziyat yaratdik, lekin ularni golga aylantirolmadik. Keyin Ben Uayt almashtirildi, tanaffusda Richchi Kalaforini almashtirishga to'g'ri keldi, biz sxemani o'zgartirdik.
Men yigitlarga aytdimki, biz oxirigacha kurashamiz, shuning uchun tayyor bo'linglar. Biz qulay vaziyatni kutmaymiz va o'yinni o'zgartirish uchun zaxiradagi barcha o'yinchilarni maydonga tushiramiz. Martin Edegor maydonga tushib, Leo Trossardga ajoyib pas berdi, keyin yana ikkita vaziyat: birinchisi - David Rayyaning seyvi, ikkinchisi - jarima maydonida to'liq xaos", - dedi Arteta.



