Vertongen: "Angliya va Fransiya - Evro-2016ning asosiy yetakchilari"
Aslanov Jasurbek
23 iyun 2016, 17:43
Belgiya terma jamoasi himoyachisi Yan Vertongen Angliya va Fransiyani Evro-2016ning asosiy favoritlari deb atadi.
"Ispaniya yaxshi ko'rinyapti. Angliyani ham yetakchilar safiga qo'shaman. Germaniya, Italiya, Fransiya kabi kuchli jamoalar ham bor. Asosiy favoritlar Angliya va Fransiya. Bu mening fikrim" - deydi Vertongen.