Vermalen jarohat oldi va Evro-2016dagi ishtiroki so'roq ostida
4 iyun 2016, 06:36
Belgiya terma jamoasining Norvegiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan himoyachi Tomas Vermalen jarohat olgan.
Tomas Vermalenning jarohati qanchalik jiddiy ekanligi hozircha noma'lum. Belgiya himoyachisi Norvegiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuboradi.