Vengerning hisoblashicha, Suaresning "Barselona"ga moslashishi Messi tufayli qiyinlashgan

Aslanov Jasurbek
6 dek 2014, 17:18
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning hisoblashicha, Luis Suaresning "Barselona"ga ko'nikishi hujumchi Lionel Messi sabab qiyinlashgan.

"Messidek futbolchi bor jamoaga ko'nikish oson emas. "Barselona"ning o'yini Lionel orqali qurilishi aniq. Suares "Liverpul"da birinchi darajali rolda bo'lgan. Hozir esa "Barselona" o'yinini ko'rib, uni topa olamaysiz. Suares klubda o'z o'rnini topishiga ishonaman, lekin bu oson bo'lmaydi" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru