Vaskesning "Real"dagi kelajagi ma'lum

Alisher
16 iyun 2024, 14:56
"Real" himoyachisi Lukas Vaskes klub bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 32 yoshli ispan bir yillik shartnoma imzolaydi.

Himoyachi Madrid klubida 2015 yildan beri o'ynaydi. U "qaymoqranglilar" bilan to'rt bor Ispaniya chempioni bo'lgan va besh marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.

Vaskes o'tgan mavsum "Real" tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano