Van Gal: "Rashford meni iste'fodan qutqarib qolgani haqida o'qidim. Bu yolg'on"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2016, 13:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Galning so'zlariga ko'ra, 18 yoshli hujumchi Markus Rashfordning omadli debyutiga klub siyosati sabab bo'lgan.

"Gazetalarda Rashford meni iste'fodan qutqarib qolgani haqida o'qidim, ammo bu yolg'on. Markus men va klub siyosati tufayli imkoniyatga ega bo'ldi. Bu jamoada o'yin amaliyotiga ega bo'lgan boshqa futbolchilarga ham tegishli. MYU siyosati shundaki, jamoa katta tarkibga ega bo'lishi va yosh futbolchilarga imkoniyat berishi kerak" - deydi van Gal.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal