Van Gal: "MYUni hozirgi "Manchester Siti" darajasiga olib chiqqan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
30 mar 2018, 10:38
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Lui Van Gal Pep Gvardiolaning APLdagi faoliyati haqida gapirdi.

"Shaxsan men Pep Gvardiolani ayni damda APLning eng yaxshi murabbiysi deb hisoblayman. U "Manchester Siti"ni mashina darajasiga olib chiqdi.

Ular men "Manchester Yunayted"ni olib chiqishni xohlagan darajada o'ynashmoqda. Biroq unda futbolchilar yaxshiroq. MYUda men shunday jamoani shakllantirmoqchi edim, biroq bunga yo'l qo'yishmadi", - dedi Van Gal.

Van Gal MYUda 2014 yildan 2016 yilga qadar ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild