Van de Bek MYU uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi

Alisher
1 sen 2020, 16:35
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.

23 yoshli futbolchi Niderlandiya terma jamoasida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. U tez orada MYU futbolchisiga aylanadi.

Transfer narxi 39 million evro bo'lishi kutilmoqda. Bundan tashqari 5 million evro bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.

Futbolchi o'tgan mavsum klub miqyosidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports