

"Alaves" bizning stadionimizda yaxshi o'ynaydi. Ular "Barselona"ni "Kamp Nou"da mag'lub etgan so'nggi jamoa. Abelardo "Alaves"ga kelganidan so'ng, jamoa o'z uslubiga ega bo'ldi va ajoyib futbol namoyish etmoqda".
Ko'k-anorranglilar ustozi transfer oynasi haqida o'ylari bilan bo'lishdi.
"Mavsum davomida kurash olib borish uchun bizda futbolchi etarli. Transfer oynasi yopilmaguncha biror narsa deyish qiyin. Jamoamizda kuchli futbolchilar bor va bundan xursandman".
Oldinroq, LaLiganing bazi o'yinlari 15 yil davomida AQSH va Kanadada o'tishi e'lon qilingan edi.
"Hozircha bu juda g'alati eshitilmoqda. Ispaniya Superkubogi uchun bahs chet elda bo'lishi ham boshida shunday tuyulgan edi" - deydi Valverde.


