Valverde derbidagi qizil kartochka sabab La Liganing bir o'yiniga diskvalifikaciya qilindi. "Real" yarim himoyachisi "Malorka"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026, 22:18
Federiko Valverde derbidagi chetlatishdan so'ng bir o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde La Liga 29-turi doirasidagi "Atletiko"ga (3:2) qarshi bahsdagi chetlatishdan so'ng bir o'yinga chetlatildi. Urugvaylik futbolchi uchrashuvning 77-daqiqasida Aleks Baenaning oyog'iga orqadan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan edi. Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) arbitr Xose Munuera Monteroning qarorini qo'llab-quvvatladi.

As nashrining xabar berishicha, Ispaniya qirollik futbol federatsiyasining (RFEF) Musobaqalar qo'mitasi Valverdeni La Liganing bir o'yiniga diskvalifikaciya qildi. Avvalroq "Real" xavbeki ikkita o'yinni o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shu tariqa, Valverde 4 aprel kuni La Liga 30-turi doirasida bo'lib o'tadigan "Malorka"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As