Valverde "Barselona" rahbariyatidan bir futbolchini xarid qilishni so'radi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018, 14:15
"Valensiya" yarim himoyachisi Daniel Parexo faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

"Ko'rshapalaklar" sardorini sotib olishga ko'k-anorranglilar bosh murabbiyi Ernesto Valverde qiziqib qolgan. Uning fikricha, Parexo jamoa uslubiga mos. Mutaxassis "Barselona" rahbariyatidan futbolchini sotib olishni so'radi, biroq Parexoning narxi muammo bo'lishi mumkin. Yarim himoyachining "Valensiya" bilan shartnomasidagi tovon puli 50 mln. evro va Kataloniya klubi narx pasaygandagina futbolchini sotib olishi mumkin.

So'nggi mavsum 29 yoshli Parexo LaLiganing 34ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es