Parexo Nagelsmanni hurmatsizlikda aybladi: "Bazida osmonga qarab tupursangiz, bu yuzingizga qarab tushishi mumkin"

Alisher
13 apr 2022, 10:50
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Daniel Parexo Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqandan so'ng "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanni ispan klubini hurmat qilmaganlikda aybladi.

"Sariq suv osti kemasi" 1/4 final javob o'yinida myunxenliklar bilan durang o'ynadi - 1:1. "Vilyarreal" ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

"Qur'a tashlash marosimida "Bavariya"ga "Vilyarreal" tushdi va men tanimaydigan ularning murabbiyi nafaqat klubimizga hurmatsizlik qildi, balki u qarama-qarshilik taqdirini ilk bahsdayoq hal qilishni xohlashini aytdi. Bu hurmatsizlik bo'ldi. Bazida osmonga qarab tupursangiz, bu yuzingizga qarab tushishi mumkin", - deydi Parexo.

"Vilyarreal" final uchun "Liverpul" - "Benfika" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Movistar