
“Biz o'yinimizni sezilarli darajada yaxshiladik. Hech kimga “Valensiya”ga yutqazganimiz yoqmadi (0:4), lekin buning sababi bor edi. O'sha kungi alamli mag'lubiyat bizlarning keyingi o'yinimizga ijobiy ta’sir o'tkazgani qiziq albatta. O'yinchilar o'z xatolari ustida ishlashni o'rganishdi.
Bugun esa ular men xohlagan o'yinni namoyish etishdi. Bu faqatgina vaqtga bog'liq bo'lgan muammo. Chunki futbolchilar bu vaqt oralig'ida juda katta ishni bajardilar. Endi faqat oldinga qarab o'sish qoldi.
Ikkita mag'lubiyatdan so'ng biz yaxshi o'yin ko'rsatishimiz zarur edi. Menga bu o'yinda futbolchilarning barcha harakatlari maqul keldi: himoyada qanday yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsak, hujumda ham shunday tezkor o'ynay oldik. O'yinchilar mening taktik uslubimni tushina boshlashayapti. Bu holat juda tezlik bilan ro'y berayotganligidan xursandman”, - deydi Maccari.