“Valensiya” yarim himoyachisi Bernat 10 mln. evroga “Bavariya”ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2014, 07:57
“Bavariya” klubi “Valensiya” yarim himoyachisi Xuan Bernatni o'z safiga qo'shib oldi.
21 yashar xavbek Ispaniya chempionatining o'tgan mavsumida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bernat bilan kelishuv 5 yilga mo'ljallangan. Yarim himoyachi myunxenliklar tarkibida 10 iyuldan mashg'ulot o'tkaza boshlaydi. Xuan yangi klubida 18-raqam ostida harakat qiladi. Futbolchining transferi Germaniya chempionlariga 10 million evroga tushdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com