"Valensiya" "Real" qiziqishiga javoban Gayya bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 fev 2015, 16:48
"Valensiya" Xose Gayyaga "Real" qiziqib qolganidan so'ng, himoyachi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha belgilangan va unda badal puli 18 mln evro qilib belgilangan. "Ko'rshapalaklar" kelishuvni 2021 yilgacha uzaytirib, badal pulini ham oshirib olmoqchi.

"Real" 19 yoshli futbolchi vakillari bilan aloqaga chiqqan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com