"Valensiya" Gyotce transferi bo'yicha muzokaralarni boshlash arafasida

Mirjalol Normatov
15 iyun 2018, 12:46
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Mario Gyotce faoliyatini LaLigada davom ettirishi mumkin.

"TuttoMercatoWeb" xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi "Valensiya" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Uchar ko'rshapalaklar" yaqin vaqtlar ichida futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlashadi.

Gyotcening Germaniya jamoasi bilan shartnomasi 2020 yilga qadar shartnomasi bor. O'tgan mavsumda u Bundesliganing 23 uchrashuvida qatnashdi va 2 gol urib, 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TMW