Vagiz Galiulin: "Krasnodar" - Rossiyaning eng kuchli klublaridan biri"

Narzulla Saydullayev
11 sen 2014, 18:35
"Ufa" yarim himoyachisi Vagiz Galiulin Rossiya chempionati 7-turida "Krasnodar"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
Bahs 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20.30da boshlanadi.

– "Ufa" "Krasnodar"ga qarshi o'yinda ochko ololadimi? Albatta, nima uchun yo'q. Har qanday jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi, – deydi Galiulin "Ufa" klubi rasmiy saytiga. – Ayni paytda "Krasnodar" Rossiyaning eng kuchli klublaridan biri, u yerda ajoyib rahbariyat, kuchli tarkib bor, ammo biz o'yindan oldin taslim bo'lmoqchi emasmiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru