Useyn Bolt futbolchilik faoliyatini qaysi klubda boshlashi mumkinligini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
25 okt 2017, 18:20
Yamaykalik engil atletikachi, sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt futbolchilik faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubida boshlashi mumkin.

Oldinroq, 31 yoshli sportchi kelasi yil futbolchilik faoliyatini boshlashi haqida ma'lum qilgan edi.

"Borussiya" bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke Boltga imkon berishi mumkinligini aytdi.

"Bu shaxsiy maqsad, odamlar nima deb o'ylashining farqi yo'q. O'zimni aldamoqchi emasman. Agar buni bajara olmasligimni tushunsam, ketaman. Bu hozircha tush, hayotimning yangi sahifasi. Ikki haftadan so'ng yana shug'ullana olaman. "Borussiya"dagilar klub eshigi men uchun ochiqligini aytishdi, shunday ekan formani tiklash kerak. Qo'limdan kelgan barcha ishni bajarishga harakat qilaman" - deydi Bolt.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror