Uoker mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin

Оқил Абдубарноев
29 apr 2022, 22:27
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker ushbu mavsumning qolgan o'yinlarida jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.

Angliyalik futbolchi Chempionlar ligasining chorak final javob o'yinida “Atletiko”ga qarshi o'yinda jarohat olib, ikkinchi bo'limda almashtirilgandi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Uokerning joriy mavsumda maydonga qaytish-qaytmasligi haqida hech narsa bilmasligini aytdi.

Qayd etilishicha, Uokyerdan tashqari “Manchester Siti”ning yana bir himoyachisi, “Real”ga qarshi Chempionlar ligasi nimchorak finalining birinchi o'yinida almashtirilgan Jon Stounz ham “Lids”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC