Kayl Uoker "Bernli"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
5 iyul 2025
Himoyachi Kayl Uoker "Bernli" a'zosiga aylanadi.

"The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Siti" himoyachisi APLga qaytgan klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agarda barchasi joyida bo'lsa, 35 yoshli futbolchi "Bernli" bilan ikki yillik kelishuvga imzo chekadi.

Uoker uchun "Siti" 5 mln funt ishlab oladi. Futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga yetishi kerak edi.

Uoker o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Milan"da ijara asosida o'tkazdi va 16 o'yiinda maydonga tushdi. Italiya klubi himoyachini olib qolishni istamadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal