Mourinyuga "Manchester Siti" himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
29 iyun 2025
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker "Fenerbaxche"ga o'tishi mumkin.

Turk klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu yozgi transferlar oynasi vaqtida Kayl orqali jamoasini kuchaytirish niyatida. Portugaliyalik murabbiy Kayl Uoker jamoaga keladigan bo'lsa, 3 markaziy himoyachi va ikki qanot himoyachisini oldinroqqa chiqarishni niyat qilgan.

Uokerning "Siti" bilan shartnomasi yana bir mavsum davom etadi. 2017 yilda "shaharliklar" tarkibiga borgan Uoker APLda 6 marta g'olib bo'ldi. U o'tgan mavsumni ijara asosida "Milan"da o'tkazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal