Unai Emeri ishtirokidagi matbuot anjumaniga hech kim kelmadi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2015, 11:12
Ispaniya chempionati 15-turidan o'rin olgan "Sevilya" - "Sporting" uchrashuvidan oldin ananaviy matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Mezbonlar ustozi Unari Emeri matbuot anjumani o'tadigan xonaga kelganida bironta jurnalist yo'qligini ko'rgan, deb xabar bermoqda AS nashri. "Spartak" klubining sobiq murabbiyi o'z o'rniga o'tirib: "Bu yerda hech kim yo'q! Xayrli kech. Kelganinglar uchun rahmat", - deb kulib xonani tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com