Mazkur yig'in davomida Mochinov shogirdlari Ummon U-16 o'smirlar termasiga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, Ummon U-16 o'smirlar terma jamoasining tashrif rejasi o'zgargani va iyun oyi so'ngida ikkala terma jamoa ishtirokida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'rtoqlik o'yinlari boshqa muddatga qoldirilgani haqida xabar bergan edik.
O'FF Terma jamoalar markazi bergan ma'lumotga ko'ra, Ummon U-16 o'smirlar terma jamoasi 6 iyul kuni Toshkentga yetib kelgan va ayni damda ikkala terma jamoa ishtirokida bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlari bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tgan. Unga ko'ra, O'zbekiston va Ummon o'smirlar terma jamoasi 9 va 11 iyul kunlari JAR stadionida o'zaro ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadilar. Har ikkala uchrashuv ham soat 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 15 iyul kuni Turkiyaga xalqaro turnirda ishtirok etish uchun jo'nab ketishi rejalashtirgan. Mazkur turnirdagi ishtirok haqida keyinroq batafsil ma'lumot beriladi.