Umid Ahmadjonov CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg'oniston futbol Assotsiatsiyalari) prezidenti etib saylandi

Narzulla Saydullayev
24 fev 2018, 12:35
Bugun 24 fevral kuni Toshkentdagi HYATT REGENCY mehmonxonasida CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg'oniston Futbol Assotsiatsiyalari) Kongressi bo'lib o'tdi.

Kongressda Eron, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlardan delegatlar hamda Janubiy Koreya va Qatar davlatidan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi. 

Kun tartibidagi asosiy masala KAFA tashkilotiga saylov orqali yangi rahbarni tayinlashdan iborat bo'ldi. Unga ko'ra O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov KAFAning yangi prezidenti etib saylandi.

KAFA Kongressida quyidagi rasmiy delegatlar ishtirok etishdi:

Said Alirizo Og'azodiy – Afg'oniston Futbol Federatsiyasi Bosh kotibi

Mahdiy Taj – Eron futbol federatsiyasi Prezidenti

Ali Kafashiyan (Eron) – OFK vice-prezidenti

Semetey Sultanov – Qirg'iziston Futbol federatsiyasi Prezidenti

Dostonbek Qonoqboev - Qirg'iziston Futbol federatsiyasi vice-prezidenti

Xurshed Mirzo (Tojikiston)  – KAFA vice-prezidenti

Davlatmand Islomov – Tojikiston futbol federatsiyasi Bosh kotibi

Farhod Sayfiddinov (Tojikiston) – Ijroiya qo'mitasi a'zosi

Chariyar Ataev -  Turkmaniston futbol federatsiyasi vice-prezidenti

Bobonazar Haqnazarov – Turkmaniston FF musobaqalar bo'yicha boshqarma boshlig'i

 

Shuningdek, KAFA Kongressiga quyidagi mehmonlar taklif etilgan:

Vohid Kardaniy (Eron) – OFK Xalqaro boshqarma boshlig'i

Chung Mong Gyu – Janubiy Koreya futbol Assotsiatsiyasi prezidenti

Park Yong Su - Janubiy Koreya futbol Assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi

Shayx Xalifa Al-Taniy – Qatar futbol Assotsiatsiyasi prezidenti

Xalifa Huseyn Johar – Qatar futbol Assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi

Tariq al Naama - Qatar futbol Assotsiatsiyasi vice-prezidenti

Ali Daud Al Shukri – Qatar futbol Assotsiatsiyasi Ijrochi-direktori

Mushtoq Al-Vaeli - Qatar futbol Assotsiatsiyasi Ijrochi-direktori 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com