Umar Eshmurodov jarohati haqida fikr bildirdi

Khoja
9 iyun 2024, 08:05
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Umar Eshmurodov jarohati haqida fikr bildirdi.

Turkmaniston bilan yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ularga qarshi ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik va foydalanishga ham erishdik. Bu o'yin guruhda hech qanday vaziyatga ta’sir qilmasa ham futbolchilar bahsga jiddiy yondashishdi. Xudo xohlasa, Eronga qarshi ham jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz va ushbu bahsda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Jarohatim kundan-kunga yaxshilanmoqda. Ahvolim borasida har kuni shifokorlar bilan gaplashmoqdamiz. Bugun yakka tartibda mashg'ulot olib boraman, ertadan umumiy guruhga qo'shilaman.

Hozircha Eronga borish rejasi bor, barchasi ertaga hal bo'ladi, - dedi Umar.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia