Umar Eshmurodov: "Durang yomon natija emas"

Абдулвосит Бектемиров
13 mar 2026
Superliga 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng qarshiliklar yetakchisi Umar Eshmurodov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"To'liq tarkibimiz bo'lganida yaxshiroq natija bo'lar edi, ammo yoshlarimiz ham yaxshi harakat qilishdi. "Dinamo"ning maydonida qiyin o'yin bo'lishini bilar edik. O'yin so'ngida gol urdik. "Dinamo" ham ko'p vaziyatlarga ega bo'lmadi. G'alabani ko'zlagan edik, lekin durang qayd etildi. Yomon natija emas", - deya fikr bildirdi Umar Eshmurodov "Dinamo"ga qarshi bahsdan so'ng.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia