"Ufa" O'runov bo'yicha "Spartak"dan rasmiy taklif olmagan

Alisher
28 iyul 2020
"Ufa" bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rinay Shaybekov klubda kutilayotgan transferlar, Oston O'runov va Daniil Fominning Moskvaning "Spartak" klubiga o'tishi haqida gapirdi.

"Biz futbolchilarimiz bo'yicha "Spartak"dan rasmiy xat orqali aniq taklif olmadik. Yangi futbolchilarga kelsak, muzokaralar davom etmoqda, ammo rasman shartnoma imzolanmaguncha ismlarni ayta olmayman.

Hozircha biz "Krasnodar"dan Artyom Golubevni xarid qilganimizni ayta olaman, Boyan Yokich, Aleksey Nikitin va Aleksandr Suxov bilan shartnoma uzaytirildi", - deydi Shaybekov.

Oldinroq, O'runovning transferi "Spartak" uchun 2 million evroga tushishi haqida xabarlar yangragan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com