Ues Morgan: "Lester"ga Kante yetishmayapti"

15 okt 2016, 15:09
"Lester" himoyachisi Ues Morgan Kantening ketishi jamoaga katta muammo taqdim etganini aytib o'tdi.


- O'tgan mavsumda Kante jamoamizning eng asosiy figurasi bo'lgandi. Bekorga Kante o'tgan mavsumda jamoamizning eng yaxshi futbolchisi deb etirof etilmagandi.

Kante Fransiyaning mashhur bo'lmagan jamoasidan bu erga kelib o'zining yangi qirralarini ko'rsata oldi.

Bu kabi futbolchini ketishi albatta jamoamizga o'z ta’sirini ko'rsatdi. Hozir aynan Kantening yo'qligi bizga pand bermoqda. Lekin "Lester" oldinga intilaverishi lozim.

"Lester"ga yangi iqtidor sohiblari kelishdi. Ularning ishlari chakki emas. Shu bois endi o'tmishni eslashdan foyda yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal