Vardi Ranerining iste'fosini so'raganlardan biri bo'lgan

Aslanov Jasurbek
25 fev 2017
"Lester Siti" futbolchilari Kasper Shmeyxel, Ues Morgan, Mark Olbrayton va Jeymi Vardi "Sevilya"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvidan (1:2) so'ng, klub egasi Vichay Shrivaddxanaprabxa bilan uchrashgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchilar italiyalik mutaxassisni ishdan bo'shatish uchun dekabr oyidan buyon 4 marotaba klub rahbariyati bilan uchrashishgan.

Oldinroq Raneri yordamchilari bilan ham yaxshi munosabatda emasligi aytilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun