UEFA van-Bissakaning diskvalifikaciyasini qisqartirdi

Mirjalol Normatov
16 okt 2021, 00:59
UEFA "Manchester Yunayted" himoyachisi Aaron van-Bissakaning YCHLdagi diskvalifikaciyasini bir o'yinga qisqartirdi.

Shu orqali futbolchi YCHLning 3-turida "Atalanta"ga qarshi o'yinda qatnasha oladigan bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz, van-Bissaka YCHLning 1-turida "Yang Boyz"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgandi. Shu sababli u 2-turda "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda qatnashmadi.

Ushbu mavsumda Aaron "Yunayted" tarkibida 8 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News