UEFA Superligani rad etmagan klublarni ikki yilga evrokuboklardan chetlatmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
6 may 2021, 07:28
UEFA Superligada qatnashish fikridan qaytmagan klublarga nisbatan sankciya qo'llashga tayyor.

Bunday jamoalarga ikki yil evrokubokda qatnashish huquqi berilmasligi mumkin.

So'nggi 10 kunda tashkilot 12 klub aakillari bilan muzokaralar olib bordi. 

Ayni paytda 7 klub bilan kelishuvga erishilgan: Arsenal, Liverpul, Manchester Siti, Manchester Yunayted, Tottenxem, Chelsi va Atletiko. Inter bilan ham kelishuvga erishishga yaqin. 

Qolgan to'rt klub - Yuventus, Real, Barselona va Milan Superliga borasidagi qarorlarini hozircha o'zgartirishmagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN