

Ushbu bayonot Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA), APL, Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF), La Liga, Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) va A Seriya tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
Unda takidlanishicha, mazkur tashkilotlar Superliga loyihasi amalga oshmasligi uchun barcha choralarni ko'radi. Ushbu loyiha amalga oshgan taqdirda, unda ishtirok etgan klublar milliy chempionatlardan chetlatiladi, Yevropa yoki jahon miqyosidagi musobaqalarda qatnashishi taqiqlanadi. Shuningdek, o'sha klublarda to'p tepadigan o'yinchilar terma jamoalarda o'ynash huquqidan mahrum qilinadi.
Bayonotda Yevropa Superligasi loyihasida ishtirok etishdan bosh tortgan nemis va francuz klublarga minnatdorchilik ham bildirilgan.



