

Mavsum g'olibi hisoblangan "Pari Sen-Jermen" klubining besh nafar futbolchisi ushbu rasmiy tarkibdan joy oldi. Ular orasida turnirning eng yaxshi futbolchisi (Player of the Season) deb topilgan Xvicha Kvaratsxeliya hamda final uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi (Player of the Match) Vitinya ham bor. Shuningdek, "Arsenal"dan uch nafar, "Bavariya"dan ikki nafar va "Atletiko Madrid"dan bir nafar vakil ramziy terma jamoaga kiritildi.
UEFA YCHL–2025/26 mavsumining to'liq ramziy jamoasi:
Darvozabon: David Raya ("Arsenal").
Himoyachilar: Markos Lorente ("Atletiko Madrid"), Markinos ("Pari Sen-Jermen"), Gabriel ("Arsenal"), Nunu Mendesh ("Pari Sen-Jermen").
Yarim himoyachilar: Maykl Olise ("Bavariya"), Deklan Rays ("Arsenal"), Vitinya ("Pari Sen-Jermen"), Xvicha Kvaratsxeliya ("Pari Sen-Jermen").
Hujumchilar: Usman Dembele ("Pari Sen-Jermen"), Xarri Keyn ("Bavariya").




