UEFA chorshanba kuni “Yuventus”, “Real” va “Barselona”ni jazolaydi

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2021
Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, UEFA Superligada qolgan Yuventus”, “Real” va “Barselona”ga kelayotgan chorshanba kuni jazo tayinlaydi.

Tashkilot ularni Superligani tark etgan 9 klub kabi jarimaga tortishi mumkin. Shuningdek, Italiya va Ispaniya grandlarini bir yo ikki mavsumga Chempionlar Ligasidan chetlatish ehtimoli ham mavjud.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Repubblica