“U zaxira o'yinchisiga aylanib qoladi. Uning o'rnida bo'lganimda “Inter”da qolardim”

27 apr 2020, 22:40
“Real”ning sobiq ustozi Fabio Kapello “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesning “Barselona”ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.

“Uning o'rnida bo'lganimda “Inter”da qolardim. “Barselona”da u zaxira futbolchisiga aylanib qoladi”, deya Kapelloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com Italiya nashrlariga tayanib.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” anchadan buyon “neradzurilar”ning 22 yoshli hujumchisiga qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com