U-23 Osiyo chempionatidagi raqibimiz Eron terma jamoasida murabbiy o'zgardi

Xayrulla Xoliqov
8 okt 2019, 09:31
Kelasi yilning yanvar oyida Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston Eronga qarshi bahs olib boradi.

Ma'lumki, futbolchilarimiz guruh o'yinlarini Eron, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazishadi. Yaqinda Eron olimpiya terma jamoasida bosh murabbiy o'zgardi. Bungacha jamoani boshqarib kelgan Farhad Majidi iste'foga chiqib, uning o'rniga boshqa mahalliy mutaxassis Hamid Estili tayinlandi. 

Shunday qilib o'tgan bir yilga vaqt ichida Eron U-23 jamoasida uchinchi marta murabbiy almashdi. Avvaliga xorvatiyalik mutaxassis Zlatko Kranchar ish olib borayotgandi. Undan keyin Farhad Majidi qisqa muddat faoliyat bordi va mana endi terma jamoa yana boshqa murabbiy qo'liga o'tdi. 

Eslatib o'tamiz, navbatdagi U-23 Osiyo chempionati 8-26 yanvar kunlari Tailandda o'tkaziladi va kuchli uchlikka kirgan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo'llanma oladi. 

P.S. Hamid Estili 1998 yilgi jahon chempionatida AQSH terma jamoasiga tarixiy golni urgani bilan yodda qolgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com