U-20. Senegal qitadoshini mag'lub etib, chorak finalga yo'l olgan beshinchi terma jamoaga aylandi

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2019, 01:35
20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati nim chorak finali doirasidagi bugungi bahslarning so'nggisida qitadoshlar Senegal hamda Nigeriya termalari o'zaro to'qnash keldi.

Mazkur o'yinda senegallik futbolchilar 2:1 hisobida raqiblarini taslim etib, ¼ final yo'llanmasini qo'lga kiritgan beshinchi termaga aylanishdi. Avvalroq, Kolumbiya, Italiya, Ekvador, Ukraina vakillari ham keyingi bosqichga yo'l olishgandi. Hozircha chorak finalning ilk juftligi (Kolumbiya – Ukraina) ma'lum bo'ldi.

Senegal U-20 – Nigeriya U-20 2:1 (2:0, 0:1)

Stadion Miejski Widzewa Łódź o'yingohi.

Gollar: 1:0 – 36 Sagna, 2:0 – 45 Nyan, 2:1 – 50 Makanjuola.

Senegal U-20 – Ndiae, Badji, Lopy, O, Sagna (Ndav, 83), Siss (Nyang, 72), Dionku, Cisse, Diane, Ndiae, Nyan (Mbov, 90).

Nigeriya U-20 – Oremade, Okon, Makanjuola, Ogbu, Effiom (Sor, 32), Rabiu, Ofobor (Dele-Bashiru, 70), Utin, Maykl (Eletu, 58), Aliyu, Tijani.

Ogohlantirishlar: Lopy (44), Utin (54).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia