U-20 jahon chempionati. Bugun guruh bahslariga yakun yasaladi

Xayrulla Xoliqov
31 may 2019, 19:41
Bugun bo'lib o'tadigan to'rtta o'yin bilan Polshada bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi tugaydi.

Oltita guruhdan to'rttasida guruh o'yinlari yakuniga etdi va keyingi bosqichga chiqqan jamoalar aniq bo'ldi. Guruhdan 1-o'rin bilan chiqqan jamoalar: Senegal, Italiya, Urugvay va Ukraina. Ikkinchi o'rin bilan chiqqan jamoalar: Kolumbiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va AQSH. 

Bugun Osiyoning ikkita jamoasi o'ynaydi. Musobaqa bilan o'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng xayrlashgan Saudiya Arabistoni bugun Panama bilan kuch sinashib ko'radi. Janubiy Koreya esa Argentinaga qarshi bellashuvda guruhdan chiqish masalasini hal qiladi. Argentina avvalgi ikki o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Shu bois ular bosimsiz o'ynaydi. Janubiy Koreya hisobida esa hozircha bitta g'alaba va bir mag'lubiyat bor. 

Bugungi o'yinlar: 

"E" guruhi. 3-tur. 31 may 

21:00. S.Arabistoni - Panama 

21:00. Mali - Fransiya


"F" guruhi. 3-tur. 31 may 

23:30. JAR - Portugaliya

23:30. Janubiy Koreya - Argentina

Ushbu suratda eng yaxshi ko'rsatkichga ega 3-o'rindagi jamoalar reytingi keltirilgan. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia