U-17 Jahon chempionati. Germaniya Argentinani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, ilk finalchiga aylandi

Sherzod Nurmatov
28 noya 2023, 16:41
U-17 Jahon chempionatida dastlabki finalchi aniqlandi.

O'smirlar o'rtasidagi mundial 1/2 finalidan o'rin olgan Argentina – Germaniya bahsi yakuniga etdi. Asosiy vaqtda 3:3 hisobida jangovar durang kuzatilgan bo'lsa, "lotereya"da Germaniyaning qo'li baland keldi – 4:2.

U-17 Jahon chempionati

1/2 final

Argentina – Germaniya 3:3 (penaltilar bo'yicha – 2:4)

Gollar: Ruberto 36', 45+4', 90+7' – Branner 9', 58', Moershted 69'



Ikkinchi finalchi Fransiya –Mali uchrashuvi g'olibi bo'ladi. Bahs 17:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia