O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U17 - Argentina U17 0:3

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013
O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 4 oktyabr kuni Ispaniyaning Marbelya shahrida bo'lib o'tayotgan xalqaro turnirda Argentina U-17 o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuvdagi hisob 16-daqiqada argentinaliklar tomonidan ochildi – 0:1. 68-daqiqada bosh hakam O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi a'zosiga qizil kartochka ko'rsatdi. 10 kishi qolgan o'smirlarimiz 79 va 90-daqiqalarda o'z darvozalaridan yana ikkita to'p olib chiqishdi – 0:3.

Eslatiib o'tamiz, Nuraliev shogirdlari, 30 sentyabr kuni Marbelyadagi ilk uchrashuvda Kot d‘Ivuar (U-17) o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobida durang o'ynagandi. 2 oktyabr kuni esa Meksikaga qarshi o'yinda 0:2 hisobida imkoniyat boy berilgandi.

Takidlash joiz, Ispaniyadagi xalqaro turnir Nuraliev shogirdlari uchun oktyabr oyida boshlanadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari oldidan so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia