U-16 o'smir qizlar va U-19 ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempinatiga Xitoy mezbonlik qiladi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2014, 12:24
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2015 yili bo'lib o'tadigan U-16 o'smir qizlar va U-19 ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakat nomini tasdiqladi.
Unga ko'ra, har ikkala yosh toifasidagi OCH final bosqichi bahslariga Xitoy mezbonlik qiladi.

U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati bahslariga Xitoyning Vuxan shahri mezbonlik qiladi. Ushbu yosh toifasidagi Osiyo Chempionati final bosqichi o'yinlari 2015 yilning 4-13 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smir qizlar termasi mazkur OCH final bosqichiga chiqish uchun shu yilning oktyabr oyida saralash bahslarida ishtirok etadilar. O'bekiston U-16 o'smir qizlar terma jamoasi saralashning A guruhida Shri-Lanka, Bahrayn, Falastin, Qirg'iziston va Tojikiston U-16 o'smir qizlariga qarshi o'ynashi haqida xabar bergan edik.

U-19 ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichi bahslari esa 4-15 avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi ham OCH saralash bahslarida ishtirok etadi. Unga ko'ra, O'zbekiston U-19 yoshlari saralashning A guruhida Iordaniya, Hindiston va Livan yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Saralash o'yinlariga 4-9 noyabr kunlari Iordaniya mamlakati mezbonlik qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com