U-16 Osiyo chempionati. 1/4 finalning ikkita juftligi ma'lum

Narzulla Saydullayev
22 sen 2016, 19:01
Bugun "B" guruhi natijalari ma'lum bo'lgach, Hindistonda o'tayotgan Osiyo chempionatining dastlabki ikki juftligi nomlari oydinlashdi.
Yaponiya uchinchi o'yinda ham yirik hisobda g'alaba qozondi. Avstraliya darvozasiga javobsiz 6ta gol urgan kun chiqar yurt vakillari chempionlikka asosiy da'vogar sifatida etirof etilyaptilar. Ular 3ta o'yinda 21ta gol urib o'z darvozalari daxlsizligini saqlay oldilar.

Jamoaning 1/4 finaldagi raqibi BAA o'smirlari bo'ladi. Vetnamlik futbolchilar esa eronlik tengqurlariga qarshi bahs olib boradilar.

Mazkur uchrashuvlarda g'alaba qozongan jamoalar 2017 yili Hindistonda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadilar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia